Madaniyat

Toshkentlik KVN jamoasini Sochiga "KiViN" xalqaro festivaliga taklif qilishdi

© Sputnik / Denis Grishkin / Mediabankka oʻtishKVN uyi ochilish marosimi tantanasi
KVN uyi ochilish marosimi tantanasi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Poytaxtning International jamoasi "KiViN"da Oʻzbekistonni yuqori darajada taqdim qilish uchun oʻzlariga homiy qidirmoqda.

TOSHKENT, 13 noya — Sputnik. KVN Xalqaro ittifoqi va "AMIK" televizion ijodiy uyushmasi Oʻzbekiston KVNi Oliy ligasining International jamoasini xalqaro festivalga taklif qildi, jamoaning Facebook saytidagi maʼlumotga asosan.  

Hozir KVN terma jamoasi konkursga borish uchun mablagʻ toʻplamoqda. Jamoa aʼzolarining aytishiga qaraganda, ular hamkorlikning barcha turiga tayor.

“Afsuski, Oʻzbekiston jamoalari "KiViN" xalqaro konkursda bir necha yildan beri ishtirok etmayaptilar. Bu yil Sochida biz ushbu anʼanani buzishni xoxlar edik”, — deb yozishgan jamoa aʼzolari.   

Yangilik ijtimoiy tarmoqlarda, allaqachon katta shov-shuvga sabab boʻldi – oʻnlab odamlar jamoani tabriklashmoqda va ularga omad tilamoqda. Baʼzi foydalanuvchilar, jamoa xazilkashlardan qolishmagan holda, ularga toʻy va marosimlarda chiqib pul ishlashni taklif qilishmoqda. Boshqalar boʻlsa, ijtimoiy tarmoq aʼzolarini KVN jamoasi hisobiga xayriya pul oʻtkazishga daʼvat qilishmoqda.       

KVN jamoalari xalqaro festivali "KiViN-2016" Sochida 2016 yil 11-25 yanvarda boʻlib oʻtadi. 

 

Yangiliklar lentasi
0