TOShKENT, 13 noya — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Sudi 23 yoshli “Islom davlati” terrorchilar guruhi a’zosi, Xorazm viloyatilik Abdulloyevni 13-yilgan qamoq jazosiga mahkum qildi, 12News.uz xabariga ko‘ra.
Nashr xabariga ko‘ra sudlanuvchi Rossiyaning Astraxan shaxrida safarda bo‘lganida ekstremistlar ta’siri ostiga tushib qolgan.
2013 yilning oktabrida Abdulloyev Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya orqali Suriyaga borgan. U yerda u terorrchilar guruhiga qo‘shilgan.
“O‘lgan jangarilarning jasadini yaqindan ko‘rib, u juda qo‘rqib ketgan va Ozarbayjonlik Axmed ismli yigit bilan jangarilar lageridan qochgan. Shundan keyin Turkiya hududida bir yildan ortiq yashagan”, — dedi manbaa o‘z xabarida.
Uning so‘zlariga qaraganda, 2015-yilning bahorida u O‘zbekistonga qaytishga muvaffaq bo‘lgan va barcha aybiga iqror bo‘lgan va qilgan ishidan pushayman qilgan.