TOSHKENT, 13 noya — Sputnik. Afrikadan keltirilgan tuyaqushlarni yetishtiruvchi “Murgʻak” fermer xoʻjaligi ekoturizm hududiga aylanishi mumkin. U yerda Buxoroliklar va mehmonlar tustovuqlarni, oq tovuslarni va boshqa chiroyli qushlarni tomosha qilishlari mumkin, "Pravda Vostoka" gazetasi xabariga asosan.
Xoʻjalik rahbari Mubin Mahkamovning soʻzlariga qaraganda bu yerda mahalliy ustalar tomonidan yasalagan esdalik sovgʻalar ham sotib olish mumkin.
“Bugungi kunda bizga tadbirkorlikni rivojlantirishuchun katta imkoniyatlar yaratilgan. Nega ulardan foydalanmasligimiz kerak? Bundan tashqari davlat ham kreditlar va boshqa katta imtiyozlar berib bunga qulay sharoit yaratmoqda”, — dedi u.
“Murgʻak” fermer xoʻjaligi har yili 500-600 ming dona bedona tuxumi va 300 kilogramdan ortiq qush goʻshti yetkizib beradi. Tuyaqushlarni yetishtirishni Mahkamov 2011 yildan bshlagan. Xoʻjalikda qushxona salkam bir gektar yerni egallaydi. Qushlar uchun maxsus maydonchalar yaratilgan.