Hodisalar

Fox News: A321 samolyotida taymer oʻrnatilgan boʻlgan

© Sputnik / Maksim Grigoryev/TASS/POOL / Mediabankka oʻtishMisrda Airbus A321 samolyoti qulagan joy
Misrda Airbus A321 samolyoti qulagan joy - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Telekanal xabariga koʻra, bomba samolyot yonilgʻi tizimi yaqinida oʻrnatilgan boʻlib uning taymeri 2 soatdan keyin ishga tushirishga moʻljallangan boʻlgan.

TOSHKENT, 13 noya — Sputnik. Misrda Rossiya samolyoti halokati sabablarini oʻrganayotgan tergovchilarga yaqin kishining Fox News telekanaliga bergan xabariga koʻra, Airbus A321  bortida taymerli portlash uskunasi oʻrnatilgan boʻlgan. Telekanal xabariga koʻra uskuna “ikki soatga muljallangan boʻlgan”, RIA Novosti xabariga asosan.  

Ushbu maʼlumotlar qanday qilib olinganini aniq emas: layner parchalarini oʻrganish vaqtidami yoki terorrchilar soʻzlashuvini xufiya eshitish paytida.

Yana bir manbaaning xabariga koʻra, bomba samolyotning yonilgʻi tizimida yoki yonilgʻi tizimining samolyot dvigatelga ulangan joyida oʻrnatilgan boʻlgan. Ushbu taxmin, uning fikriga koʻra, ashyoviy dalillarning yoʻqligini izohlaydi.   

Sovet ittifoqi va Rossiya tarixidagi eng yirik aviatsiya halokati 31 oktyabr kuni Misr osmonida sodir boʻldi. Rossiyaning "Kogalыmavia" kompaniyasiga tegishli Airbus A321 samolyoti qulashi natijasida 224 kishi qurbon boʻldi.

 

Yangiliklar lentasi
0