Hodisalar

Beyrutdagi terakt qurbonlari soni 43tadan oshdi

© Press-slujba YURTS MCHS RF / Mediabankka oʻtishTerakt sodir boʻlgan joyda
Terakt sodir boʻlgan joyda - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Livan poytaxti Beyrutda 2 xudkush-terrorchi oʻzini portlatib yuborishi natijasida 240 kishi jarohatlandi.

TOSHKENT, 13 noya — Sputnik. Livan poytaxti Beyrutning janubida sodir boʻlgan terakt qurbonlari soni 43 kishiga yetdi, dedi mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Vayel Abu Faur, turli darajada jarohatlanganlar soni 240 kishini tashkil qildi, RIA Novosti Reyter agentligi xabariga asosan.

Beyrutning janubida joylashgan Burdj-al-Barajne shaharchasining odam gavjum koʻchalaridan birida ikki xudkush terrorchi oʻzini potrlatib yubordi. Birinchi portlashdan 7 minut keyin, keyin odamlar jarohatlanganlarga yordam koʻrsatish uchun yigʻilib kelgan paytda ikkinchi portlash sodir boʻldi.

Burdj-al-Barajneda asosan shiya musulmonlari yashaydi. Eng yirik partiyalar va mamlakat  rahbarlari  va BMT bosh kotibi ushbu teraktni qattiq qoraladi. Livan bosh vaziri juma kuni motam eʼlon qildi.

 

Yangiliklar lentasi
0