TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Shimoliy Koreyaning futbol bo‘yicha terma jamoasi O‘zbekistonga faqat g‘alaba uchun keldi, dedi matbuot konferensiyasida Shimoliy Koreya bosh treneri Kim Chang Bok, O‘zbekiston futbol federatsiyasi xabari asosida.
Trenerning so‘zlariga qaraganda, uning jamoasi maydonda O‘zbekiston vakillari bilan uchrashishga tayor. “Oldindagi matchga biz juda yaxshi tayorgarlik ko‘rdik va Toshkentga g‘alaba qozonish uchun keldik” – dedi KXDR jamoa murabbiyi.
O‘zbekiston jamoasida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarga izoh berib Koreyalik trener ularga qarshi yosh futbolchilar maydonga chiqishini ta’kidladi.
“Men 16, 16, 19 nomerlar ostida maydonga chiqadigan futbolchilar haqida gapirayapman. Pxenyandagi o‘yinda O‘zbekiston jamoasi tarkibida tajribali futbolchilar o‘ynagan edi. O‘shanda asosiy e’tibor o‘yin texnikasiga qaratilgan edi. Hozir bo‘lsa raqib tarkibida bir necha yosh futbolchilarni ko‘rayapmiz, ular albatta jamoa o‘yin dinamikasi va tezligini oshiradi”, — dedi u.
Koreyalik murabbiy raqibning kuchli va kuchsiz tomonlari haqida gapirishni istamadi. U faqatgina “oldin jamoa to‘pni maydon markazida ushlab turishga harakat qilardi. Hozir bo‘lsa tez va agressiv futbol o‘ynashga harakat qilmoqda. Undan tashqari jamoada trener o‘zgardi, bu o‘z navbatida, yangi taktika kiritilishini anglatadi”, — dedi.
Shuningdek, murabbiyi muxlislar omili ham o‘yinga bevosita ta’sir o‘tkazishi mumkin ekanini ta’kidladi. “Yana bir muhim jihat shundan iboratki, ertaga O‘zbekiston o‘z maydonida o‘ynaydi va muxlislar ularni qo‘llab-quvvatlab turadi. Biz muxlislar bosimini yengib o‘ta olsak, o‘ylaymanki, yaxshi natijaga erisha olamiz”.
Kim Chang Bokning aytishicha, ertangi o‘yinda uning jamoasi g‘alaba uchun o‘ynaydi, shunga qaramay, agar o‘yinda durang natija qayd etilsa ham buni qoniqarli natija sifatida qabul qiladi.