TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Moskvada 82 yoshida, taniqli rejisser Georgiy Yungvald-Xilkevich, vafot etdi, RIA Novosti LifeNews xabari asosida.
Tomoshabinlarga rejisser o‘zining "D'Artanyan va uch mushketor", “If qal’asi mahbusi”, “Xavfli gastrollar” va boshqa filmlari orqali yaxshi tanish.
Oldin Rossiya OAVlari rejisserning to‘satdan kasalxonaga yotqizilganligini xabar bergan edi.
Georgiy Emilyevich Yungvald-Xilkevich 1934-yil 22-oktabrda Toshkentda tug‘ilgan. 1956-yilda u Toshkent Arxitektura institutini 1963-yilda esa Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutini bitirdi.
O‘zbekfilmda va Toshkentning bir necha teatrlarida rassom vazifasida, Toshkent muzik-xollining badiiy rahbari bo‘lib ishlagan. 1966-yildan boshlab Odessa kinostudiyasida rejjiser sifatida faoliyat ko‘rsatib keldi.