Qoraqalpog‘istonlik fermerlarga qurg‘oqchilikka tayorgarlik ko‘rishga yordam beriladi

© Mixail GenisO‘zbekistonda ochiq maydon
O‘zbekistonda ochiq maydon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qorqalpog‘istonda fermerlar uchun kelajakdagi iqlim o‘zgarishiga moslashish mavzuyidagi seminarlar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbir BMTTD loyhasi bo‘lib, olti yilga mo‘jallangan.

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Nukusda fermerlar uchun iqlim o‘zgarishiga moslashish markazlari ochilmoqda. Kelajakda ushbu markazlar Qoraqalpog‘istonning to‘rt tuman markazlarida ochilishi rejalashtirilgan, Gazeta.uz xabari asosida  

O‘zbekistondagi BMTTD vakolatxonasi respublika Vazirlar mahkamasi qoshidagi Gidrometerologiya markazi bilan hamkorlikda seminarlar tashkil qildi. Ushbu seminarlarda fermer va dehqon xo‘jaliklari bilan birgalikda ularning iqlim o‘zgarishiga moslashuvchanligini oshirish masalalari kelishib olindi.   

Seminar tashkilotchilarining so‘zlariga qaraganda, 10-12 noyabrda bo‘lib o‘tadigan ushbu tadbirlarda “loyhalashtirish, rejalashtirish va moslashuv chorlarini ishlab chiqish maqsadida iqlimiy va gidrometerologik monitoringni rivojlantirish” masalalari muhokama qilinadi.  

Regionda bug‘xona (parnik) xo‘jaliklarini rivojlantirish, qurg‘oqchilik haqida oldindan xabar berish tizimi  yaratish rejalashtirilgan.  

Qoraqalpog‘istonning shimoliy tumanlari iqlim o‘zgarishi oqibatlaridan juda zaif himoyalangan. Shuning uchun ham ushbu regionlar davlat hukumati organlariga kerakli yordam ko‘rsatiladi.  

Yangiliklar lentasi
0