TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Moskvada Yevropa va Osiyo media forumi — FEAM-2015 boshlandi. Uning mavzusi “Notinch dunyoda barqaror hamkorlik”.
Forumda 14 mamlakat: Ozarbayjon, Armaniston, Belorusiya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Litva, Moldaviya, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, Ukraina va Estoniyadan taniqli jurnalistlar, mediabiznesi ekspertlari, yirik telekompaniya va internet-portallar rahbarlari, nufuzli va ommabop OAVlarning bosh redaktorlari va top menedjerlari qatnashadi.
FEAM-2015 kun tartibida sobiq ittifoq respublikalari OAVlari turli xil siyosiy va iqtisodiy jarayonlar davomida o‘zaro hamkorligi masalalari muhokama qilinadi. Forum doirasida uch mavzuda: “Yevroosiyo axborot maydoni: chaqiriq va xatarlar”, “Mediasanoat: mushtariylarni va o‘z obro‘sini saqlab qolish”, “Notinch dunyoda barqaror hamkorlik” muhokamalar bo‘lib o‘tadi.
Tadbir dasturida Rossiya Tashqi Ishlar vazirligi Axborot va nashr departamenti direktori Mariya Zaxarova ishtirokida sessiyalar, yozuvchi va publitsist Viktor Yerofeyev va “Ertangi kun” gazetasi redaktori va Izborsk klubi raisi Aleksandr Proxanov bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.