TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 8-noyabrdan boshlab Rossiyadan Misrga uchishni to‘xtatish haqidagi qarorga qo‘l qo‘ydi, Sputnik Belarus xabariga ko‘ra.
O‘tgan juma kuni Rossiya rahbari, FSB boshlig‘i Aleksandr Bortnikovning A321 samolyoti halokati sabablari aniqlangunga qadar, Misrga samolyotlar parvozini to‘xtatib turish haqidagi taklifiga rozi bo‘ldi. Bortnikovning so‘zlariga qaraganda “Bu birinchi navbatda – turistik parvozlarga taaluqli”.
“Rossiya aviakompaniyalariga Misr Arab Respublikasi hududiga parvoz amalga oshrish vaqtincha ta’qiqlanadi, shu qatorda tijorat parvozlari ham”, — deyilgan hujjatda.
Qarorga ko‘ra, turoperator va turagentlarga Misrga turistik yo‘llanmalar sotishni to‘xtatish tavsiya qilinadi va Rossiya hukumati (hozir Misrda dam olayotgan 40-50 ming nafar) o‘z fuqarolarini Misrdan qaytib olib kelish choralarini ko‘rishi, TIV bo‘lsa Misr hukumati bilan ushbu harakatlarni muvofiqlashtirishi kerak.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Misrdan qaytayotgan yo‘lovchilar, xavfsizlik sabalariga ko‘ra, samolyotda faqat qo‘l yuki bilan qaytadi, ularning bagaji bo‘lsa alohida samolyotlarda olib kelinadi.
Eslatib o‘tamiz o‘tgan shanba kuni "Kogalimavia" kompaniyasiga tegishli bo‘lgan Airbus-321 samolyoti Misrda halokatga uchragan edi. Samolyotda bo‘lgan 224 yo‘lovchilarning barchasi halok bo‘lgandi. Ushbu halokat Rossiya aviatsiyasi tarixida eng katta halokat deb hisoblanmoqda.