Toshkentda 12 dekbrgacha yo‘l ta’mirlash ishlari yakunlanadi

© Sputnik / Mixail Mordasov / Mediabankka o‘tishAvtomobil yo‘linii ta’imrlash
Avtomobil yo‘linii ta’imrlash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent hokimiyati vakillari so‘zlariga qaraganda 12 dekbrgacha bir necha yo‘llarda ta’mirlash ishlari yakunlanadi. Hozir video nazorat kameralari o‘rnatilayotgan va tramvay yo‘llari qazib olinayotgan yo‘llarda ham ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

 

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Toshkent hokimiyati ta’mirlanishi rejalashtirilayotgan ko‘chalar ro‘yxatini va ta’mirlash yakunlov muddatini e’lon qildi.  

Ushbu qaror aholining noroziligiga sabab bo‘lgan, Ziyolilar ko‘chasidagi yo‘l ta’mirlash ishlaridan keyin chiqdi. Eslatib o‘tamiz Ziyolilar ko‘chasida yo‘l “ustalari” kerakli ogohlantirish belgilari o‘rnatmaganligi sababli bir necha avtomobillar ulkan chuqurlikka tushib ketgan, daraxtlarga urilgan va boshqa xil jiddiy zarar ko‘rgan edi. Ushbu hodisa ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchillik haydovchilarning noroziligiga sabab bo‘lgandi.

Shahar hokimiyati ushbu ko‘chadagi ta’mirlash ishlarini 12-noyabrga qadar yakunlashga va’da berdi. Kichik halqa yo‘li, Mukimiy, General Uzoqov, Sakkokiy, Mahorat va Sharof ko‘chalarida hamda Ahmad Donish va Abdullar Qodiri ko‘chalari oralig‘i undan ham oldin bitiriladi.

Qarorda ta’kidlanishicha, ushbu ro‘yxatga video nazorat kameralari o‘rnatilayotgan va tramvay yo‘llari qazib olib tashlanayotgan ko‘chalar ham kiritilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0