O‘zbekiston Germaniyaga to‘qimachilik mahsulotlari va meva yetkizib beradi

Obuna bo‘lish
Bu haqida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Germaniya – O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashida e’lon qilindi. Uchrashuvda Germaniyaning 50dan ortiq korxonasi vakillari qatnashdi.

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. O‘zbekiston korxonalari Germaniyaga to‘qimachilik va kimyo sanoati mahsulotlari va meva eksport qilmoqchi, deb xabar berdi “Jahon” AA.  

Germaniya biznes tuzilmalari vakillari O‘zbekistonbilan hamkorlikning istiqboli katta ekanligini ta’kidlashdi. CLAAS kompaniyasi boshqarmasi vakili Yan Morning so‘zlariga qaraganda, Germanya delegatsiyasining tashrifi – o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish belgisidir.

Morning so‘zlariga qaraganda, Germaniya delegatsiyasi Toshkent Xalqaro Sarmoya forumi boshlanishini sabrsizlik bilan kutmoqda. Ushbu forum uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga yordam beradi.  

O‘tgan yil mobaynida Germaniya bilan savdo-sotiq 16% ga oshib 685 millionni tashkil qildi.  Ushbu ko‘rsatkich 2015-yilning hozirgi davriga qadar 400 millionni tashkil qildi. Oxirgi 15-yil davomida Germaniya O‘zbekiston iqtosodiyotiga 800 million dollar sarmoya kiritdi.

 

Yangiliklar lentasi
0