TOShKENT, 5 noya — Sputnik. “Do‘stlik va birlik navolari” nomli ashula va raqslardan tashkil topgan konsert chorshanba kuni Turkiston San’at saroyida bo‘lib o‘tdi. Ushbu konsert Rossiyaning Xalqlar birligi kuniga bag‘ishlangan.
Konsertga diplomatik korpus vakillari, ilmiy va madaniy arboblar, ijodkorlar, rossiyalik mehmonlar, talaba va o‘quvchilar kelishdi.
“Rossiya va O‘zbekiston xalqlarini boy umumiy tarix birlashtirib turadi. O‘tgan yili biz strategik hamkorlik haqidagi shartnoma tuzilganligining o‘n yilligini nishonladik. Yaqin bir necha kun ichida esa Rossiya va O‘zbekiston ittifoqchilik munosobatlariga 10-yil to‘ladi”, — dedi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev konsert boshlanishidan oldin. Uning fikriga ko‘ra, bunday yaqin munosobatlar “Bizlarni bugun ham birlashtiradi”.
Konsertni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Marat Hakimov, Rossiya va O‘zbekiston bastakorlarining vatanparvarlik mazuidagi qo‘shiqlari bilan ochdi. Tomoshabinlar O‘zbekiston xalq artisti Nurmo‘min Sultonovning "Ne poy, krasavitsa, pri mne" qo‘shig‘ini olqishlar bilan kutib olishdi. A.S. Pushkinning ushbu she’ri o‘zbek tiliga tarjima qilingan va unga qo‘shiq basta qilingan. Zal xalq artisti Mansur Toshmatovni ham olqishlar bilan kutib oldi. Toshmatov bastakor David Tuxmanovning taniqli shlyagerlarini ijro etdi. Konsertda O‘zbekistonda va sobiq ittifoqda taniqli “Yalla” guruhi ham ishtirok etdi. Konsertning raqs dasturi O‘zbekiston va Rossiya xalqlarining raqslaridan tashkil topgan.
Xalq birligi kuni Rossiyada 2005-yildan boshlab nishonlanadi. Ushbu bayram 1612-yil hodisalari xotirasi bilan bog‘liq. Ushanda Kuzma Minin va Dmitriy Pojarskiy boshchiligidagi xalq ko‘ngilli qo‘shinlari Moskvani polshalik bosqinchilaridan ozod qilishgandi. XVII asr Rossiya tarixida ushbu kun “Fitna vaqti” tugagani bildiradi.