Sinay yarim orolida halokat joyini ko‘zdan kechirgan ekspertlar samolyot havoda parchalanib ketganini ta’kidlashdi.
Shu o‘rinda "Kogalimavia" kompaniyasi vakillari samolet dvigateli yoki boshqa tizimi ishdan chiqishi natijasida havoda parchalanib ketishi mumkin emas. Samolyot halokati tashqi ta’sir natijasida sodir bo‘lgan deyishmoqda.
Kompaniya ma’lumotiga qaraganda, halokat sodir bo‘lgan vaqtda A321 ekipaji samolyot boshqaruvi nazoratini butunlay yo‘qotishgan. Halokatga uchragan samolyot oldin dum qismida jarahatlangan bo‘lganligi ham ma’lum bo‘ldi, lekin parvoz oldidan samolyot to‘liq texnik nazoratdan o‘tgan.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov halokatning barcha sabablarini o‘rganishni talab qildi va ushbu halokatni, albatta, Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasi bilan bog‘lash kerak emasligini ta’kidladi.
Halokat munosobati bilan Sankt-Peterburgda uch kunlik motam e’lon qilingan. Dunyoning ko‘plab mamlakatlari rahbarlari, jumladan AQSh Davlat sekretari Jon Kerri, Qozog‘iston, Bosniya va Gersogovina, JAR, Chexiya, Eritreya, Sudan, Slovakiya, Suriya, Singapur, Seyshel orollari, BAA, Mongoliya, Mali, Janubiy Koreya, Qirg‘iziston va Vyetnam rahbarlari, Monako qiroli, Oman sultoni, Kuba rahbari Raul Kastro, Afg‘oniston sobiq rahbari Karzay va Norvegiya bosh vazirlari halokat munosobati bilan Rossiya prezidentiga va xalqiga samimiy hamdardlik bildirmoqda.