TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Yevropa va Osiyo media forumi (FEAM) “Notinch dunyoda barqaror hamkorlik” mavzusida bo‘lib o‘tadi, tadbir tashkilotchisi MIA “Rossiya segodnya” xabariga asosan.
Yevropa va Osiyo media forumi – bu sobiq ittifoq hududida eng yirik media ekspertlar yig‘iladigan yagona tadbir bo‘lib, unda MDH, Baltiya va Gruziyadan vakillari qatnashadi. Ekspertlar media sanoatda yuz berayotgan o‘zgarishlar va soha rivojlanish yo‘nalishlarini muhokama qiladilar. Forum 2006-yildan beri o‘tkazilmoqda.
“FEAM-2015ning kun tartibida — dunyoda turli siyosiy va iqtisodiy jarayonlar ro‘y berayotgan paytda, sobiq ittifoq respublikalari OAVlarining o‘zaro hamkorlik masalalari asosiy o‘rin egallagan. Forumda hukumat va axborot vositalarining o‘zaro muloqoti va yevroosiyo integratsiyasi doirasida axborot hamkorligi strategiyasi ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor beriladi. Zamonaviy axborot urushlari va ularning oqibatlari, hamda axborot kanallari orqali tarqatilayotgan tahdidlarga qarshi kurash masalalari, ushbu tadbirga alohida dolzarblik kiritadi”, — deyilgan press-relizda.
Forumda sobiq ittifoqning 14 mamlakatidan (Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Litva, Moldova, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, Ukraina, Estoniya) bosh redaktorlar, nufuzli OAVlar top-menedjerlari, teleradiokompaniyalar, internet-portallar rahbarlari va taniqli jurnalistlar kelishi kutilmoqda.
FEAM yalpi majlis bilan boshlanadi. Forumda uch xil mavzuda diskussiyalar rejalashtirilgan: “Yevroosiyo axborot maydoni: chaqiriq va xavflar”, “Mediasanoat: muxlislarni va obro‘ni saqlab qolish”, “Notinch dunyoda barqaror hamkorlik”.
Tadbirda qatnashishni istagan OAV vakillarini akkreditatsiya qilish MMPS MIA "Rossiya segodnya"ning rasmiy saytida ochilgan.