TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Eng ko‘p ovozga sazovor bo‘lgan tarixiy-madaniy obyektlar “O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” nomiga sazovor bo‘ladi. Ovoz berish Ziyonet ta’lim portalining “Madaniy meros” bo‘limida ochilgan.
O‘zbekiston fuqarolari 374 me’morchilik yodgorliklari, san’at asarlari, milliy musiqa asboblari, va tabiat mo‘’jizalaridan orasidan tanlashadi.
Portal xabariga ko‘ra bunday aksiyalar o‘zbekistonliklarni o‘z madaniy me’rosi bilan yaqindan tanishishga va dunyoqarashini kengaytirishda yordam beradi.