TOShKENT, 3 noya — Sputnik. O‘zbekiston poytaxti aholisi uch kundan beri Toshkentdagi Rossiya elchixonasiga, shanba kunisodir bo‘lgan aviahalokat munosobati bilan, gullar yumshoq o‘yinchoqlar olib kelmoqda, Gazeta.uz xabariga ko‘ra.
“Qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirish uchun men bu yerga qizcham bilan keldim”, — deydi Toshkentliklardan biri.
Diplomatik xizmat vakillari, ushbu tragediyaga befarq qolmagan O‘zbekiston fuqarolariga minnatdorchilik bildirishdi.
“Biz telefon, xatlar, va ijtimoiy tarmoqlar orqali ta’ziya va chin ko‘ngildan hamdardlik bildirayotgan barcha o‘zbekistonliklardan minnatdaormiz. Rossiya elchixinasi darvozasi oldiga gullar, yumshoq o‘yinchoqlar va shamlar olib kelib biz bilan ushbu g‘amga sherik bo‘lgan o‘zbekistonliklardan alohida minnatdormiz”, — deyilgan elchixona xabarida.
O‘zbekistondagi Rossiya elchixonasida 2-3 noyabr kunlari Ta’ziyalar kitobi ochiladi.
Shanba kuni Sharm el-Sheyxdan Sankt-Peterburgga uchgun Airbus A321 samolyoti Sinay yarim oroli hududida halokatga uchradi. Samolyot bortida bo‘lgan 224 nafar yo‘lovchlarning barchasi qurbon bo‘ldi. Hozirgi kunda ularning jasadi Sankt-Peterburgga olib kelingan. Shaharda uch kunlik motam e’lon qilingan.
Halokat sodir bo‘lgan joyda qutqaruv guruhlari ishlamoqda. Qohirada samolyot “Qora quti”lari ma’lumotlarini o‘rganish boshlangan.