TOShKENT, 3 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Vladimir Putinga “Kogalimavia" kompaniyasi layneri halokatga uchrashi munosobati bilan ta’ziya bildirdi, Kreml rasmiy sayti xabariga binoan.
Ta’ziya bildirganlar orasida AQSh Davlat sekretari Jon Kerri, Qozog‘iston, Bosniya va Gersogovina, JAR, Chexiya, Eritreya, Sudan, Slovakiya, Suriya, Singapur, Seyshel orollari, BAA, Mongoliya, Mali, Janubiy Koreya, Qirg‘iziston va Vyetnam rahbarlari, Monako qiroli, Oman sultoni, Kuba rahbari Raul Kastro, Afg‘oniston sobiq rahbari Karzay va Norvegiya bosh vazirlari bor.
“Rossiya prezidenti va Rossiya xalqi nomiga, ko‘p kishining umriga zomin bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti halokati munosobati bilan, chet davlatlar rahbarlaridan ta’ziyanomalar kelmoqda”, — deyilgan Kreml matbuot xizmati xabarida.
Rossiya va sobiq Ittifoq tarixida eng katta aviahalokat shanba kuni sodir bo‘ldi. Sharm el-Sheyxdan Sankt-Peterburgga uchayotgan "Kogalimavia" aviakompaniyasi laynerida 217 yo‘lovchi va 7 ekipaj a’zosi bo‘lgan.