O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Italiya TIV bosh kotibini qabul qildi

© U.S. DEPARTMENT OF DEFENSEO‘zbekiston TIV Abdulaziz Kamilov
O‘zbekiston TIV Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suhbat davomida ko‘p qirrali o‘zbek-italiya munosobatlarining rivojlanishi, xalqaro tashkilotlar, xususan, BMT va uning bo‘limalari tarkibida hamkorlik qilish haqida so‘z yuritildi.

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bugun Italiya TIV bosh kotibi Mikele Valensizeni qabul qildi, TIV rasmiy saytida belirgan xabarga ko‘ra.

Suhbat davomida ko‘p qirrali o‘zbek-italiya munosobatlarining rivojlanishi, xalqaro tashkilotlar, avvalombor BMT va uning bo‘limalari tarkibida, hamkorlikka kelishib olindi.

Shu qatorda, O‘zbekiston 2017-2018 yillarda BMT Xavfsizlik kengashida Italiya nomzodani qo‘llab-quvvatlashini xabar berdi.

O‘zbek-Italiya savdo-iqtisodiy munosobatlariga alohida e’tibor berildi. O‘zaro hamkorlikka bo‘lgan qiziqishning ortishining yana bir belgisi — bu 5-6 noyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro sarmoya forumida Italiya korxonalarining qatnashishidir.

Mamlakatlar ta’lim va fan sohasida ham o‘zaro aloqalarni rivojlantirib bormoqda, O‘zbekiston va Italiya OTMlari orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatilgan. Turin politexnika universiteti filiali mamlakatimizda ochilishi — unumli hamkorlik misolidir.   

Uchrashuvda tomonlar bir qator regional va xalqaro masalalar bo‘yicha ham fikr almashdilar.

 

Yangiliklar lentasi
0