TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Turkiyaning savdo-iqtisodiy delegatsiyasi O‘zbekistonga 9 — 12-noyabr kunlari tashrif buyuradi, Turkiya elchixonasi matbuot xizmati xabari asosida.
Turkiya Iqtisodiyot vazirligi Eksport bosh boshqarmasi boshlig‘i Veysel PARLAK boshchiligidagi avtomobilsozlik sohasi vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoati vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Ushbu tashrif doirasida “O‘zavtosanoat” AK va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida “Grand Mir” mehmonxonasida seminar va biznes forum o‘tkaziladi.
Delegatsiya a’zolari SamAvto, MAN qo‘shma korxonasi, GM Powertrain korxonalariga tashrif buyuradilar va AUTO & PARTS UZBEKISTAN 2015 ko‘rgazmasiga ham tashrif buyurishni rejalashtirganlar.