TOShKENT, 2 noya – Sputnik. Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi (MAK) direktori Viktor Sorochenkoning so‘zlariga qaraganda samolet yerga tushmasdan oldin parchalanib ketgan, RIA Novosti xabari asosida.
“Aniq xulosa chiqarishga hali erta. Samolyot havoda parchalanib ketgan va uning bo‘laklari juda katta maydonda (20 km kv.) sochilib yotibdi”, — dedi u.
Kogalimavia kompaniyasiga tegishli samolyot shanba kuni Sharm el-Sheyxdan Sankt-Peterburgga uchgan. Parvozning 23 minutida samolyot radar ekranidan yo‘qolib qolgan. Keyin ma’lum bo‘lishicha u halokatga uchragan. Samolyot bortida 217 yo‘lovchi va 7 ekipaj a’zolari bo‘lgan. Ularning barchasi qurbon bo‘lgan.
Mutaxassislar ushbu halokatning turli sabablarni taxmin qilishmoqda: samolyotning eskiligidan tortib (unga 18-yil bo‘lgan), uyushtirilgan teraktgacha. Lekin ushbu mulohazalar hozircha o‘z isbotini topgani yo‘q. Samolyot qora qutilari topilgan va ularning yozuvlari o‘rganilmoqda.