Islom Karimov AQSh davlat kotibi Jon Kerrini qabul qildi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston prezidenti Islom Karimov
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jon Kerri AQSh rahbariyati ikki mamlakat manfaatlari asosida, o‘zaro munosobatlarni yanada rivojlantirishiga tayor ekanligini tasdiqladi.

TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Samarqanddagi “Forumlar majmuasi”da AQSh Davlat kotibi Jon Kerrini qabul qildi, O‘zbekiston TIV xabari asosida. 

Islom Karimov Davlat sekretarining O‘zbekistonga birinchi tashrifi, keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha ikki taraflama hamkorlik va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan muammlarni hal qilishga yo‘l ochib berishini ta’kidladi.

Hozirgi paytda ikki mamlakat orasida savdo-sotiq va iqtisodiy aloqalar rivojlanib bormoqda. O‘zbekistonda AQShning General Motors korporatsiyasi faoliyati unumli xamkorlik misoli. Strategik hamkorligi doirasida Andijon va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida uch katta loyha amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda Afg‘oniston shimolida ro‘y berayotgan voqealar nigohida, regoin xavfsizligi muammolari mavzusida ikki taraflama fikr almashildi.

Jon Kerri O‘zbekiston prezidentiga iliq qabul uchun minnatdorchilik bildirib, AQSh rahbariyati ikki mamlakat manfaatlari asosida o‘zaro munosobatlarni yanada rivojlantirishga tayor ekanligini tasdiqladi.

 

Yangiliklar lentasi
0