Milliy xavfsizlik xizmati: IDdan qochgan jangarilar O‘zbekistonda boshpana topishga urinib ko‘radi

© Commons.wikimedia / isafmediaTolibon jangarilari
Tolibon jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston MXX chegara hududlariga yaqin joylarda yashayotgan aholi bilan ish olib bormoqda. Ular xuusan, aholini IShIDdan qochgan jangarilar O‘bekiston hududida boshpana topishga urinib ko‘rishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqdalar.

 

TOShKENT, 30 okt  — Sputnik.  “Tolibon” va “Islom davlati” guruhlaridan qochgan jangarilar O‘zbekistonda boshpana topishga urinib ko‘radi, deb xabar berdi RIA Novosti, o‘zga OAV xabari asosida. 

OAV xabariga ko‘ra, Afg‘oniston, Suriya va Iroqdagi terrorchi guruhlari safidan qochgan jangarilar O‘zbekiston hududida boshpana topishga harakat qilib ko‘radi. Ushbu munosobat bilan MXX xodimlari chegaraga yaqin hududlarda yashovchi aholini ogohlantirmoqda. 

“Jangarlarga davlat chegarasini kesib o‘tishda, mahalliy aholining ba’zi, o‘z manfatini xalq xavfsizligidan ustun qo‘yadigan, vakillari yordam berishi mumkin. Bu bizlarni yanada diqqatli va ogoh bo‘lishga chaqiradi”, — deb Navoiy viloyati  MXX vakillari so‘zini keltiradi nashr.

Oldinroq O‘zbekiston hukumati aholi orasida ID mafkurasi ta’siriga qarshi choralarni kuchaytirgandi. Hukumat ushbu ekstremistik ilimning tarqalishiga qarshi nafaqat maxsus xizmatlar yordamidan, balki aholi, OAV va musulmon jamoati vakillari yordamidan ham foydalanmoqda. Xususan Toshkent va boshqa viloyatlarda mahalla qo‘mitalari vakillari va tartibni saqlash ko‘ngillilari bilan seminar va uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Huquqni saqlash organlari vakillari mahalliy ma’muriyat vakillari bilan uchrashib ularga chet elga yo‘l olayotgan aholi bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazish borasida tavsiyanomalar bermoqda. Shu bilan birga aholiga O‘zbekiston xavfsizligiga tahdid solayotgan, amaldagi terrorchi guruhlar haqida ma’lumotlar berilmoqda.

Yaqinda O‘zbekiston poytaxtida “Xizb ut-Tahrir” ekstremistik guruhiga aloqador bo‘lgan 16 kishi qo‘lga olindi. Respublika IIV xabariga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning bir qismi chet el safarida bo‘lgan paytida “Xizb ut-Tahrir” mafkurasi ta’siriga tushib  qolgan, o‘z vatanlariga qaytgach, ushbu ekstremistik mafkurani o‘z turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan bolalariga “majburiy ravishda uqtira boshlagan”.

Qo‘lgan olinganlardan katta miqdorda ekstremistik mazmundagi adabiyotlar topilgan.

“Islom davlati” terrorchilik guruhi bugungi kunda dunyo xavfsizligiga tahdid solayotgan eng katta xavflardan biri. Uch yil davomida terrorchilar Iroq va Suriya hududida katta maydonlarni egallab olishga muvaffaq bo‘lishdi.

 

Yangiliklar lentasi
0