Analitika

Dushanbeda MDH davlat bosh vazirlari uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka oʻtishDushanbeda MDH davlatlari bosh vazirlari kengashi
Dushanbeda MDH davlatlari bosh vazirlari kengashi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ushbu uchrashuvda xavfsizlik, moliya, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarga doir 40 ta hujjat imzolandi.

TOSHKENT, 30 okt — Sputnik. Bugun Tojikiston poytaxti Dushanbeda MDH davlatlari bosh vazirlari uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda. Uchrashuvda Oʻzbekistondan bosh vazir oʻrinbosari Adxam Ikromov qatnashmoqda.

Uchrashuv kun tartibida hamkorlikning turli sohalariga bagʻishlangan 33 masala qoʻyilgan. Ular orasida havo hujumidan himoyalanish, ijtimoiy va iqtisodiy aloqalar va huquqni saqlash masalalariga doir masalalar bor.

Xususan, MDH bosh vazirlari 2011 yil 18 oktyabrda qabul qilingan Erkin savdo zonasi haqidagi shartnomanining amalda qoʻllash masalalarini va 2020 yilgacha boʻlgan muddatda MDH iqtisodiy rivojlanishining 3 bosqichini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Uchrashuvda MDH davlatlari Mudofaa vazirliklari qoshida birlashgan havo mudofaa tizimini tuzishning moliyaviy masalalari, havo mudofaa faoliyatini oʻzaro muvofiqlashtirish qoʻmitasi ishini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan hujjatlar imzolandi.

Undan tashqari yana bir qator hujjatlar imzolandi. Ular orasida favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etishda oʻzaro hamkorlik qilish, MDH xalqaro aloqa operatorlari orasida oʻzaro hisob-kitob qilish shartlari va 2020 yilgacha tabiy gazni transport vositalarida motor yonilgʻisi sifatida ishlatishni qoʻllab-quvvatlash uchun choralar koʻrish haqidagi hujjatlar bor.

MDH bosh vazirlarining keyingi sammiti 2016 yil may oyida rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0