Germaniya II jahon urushi asirlarga 2,5 ming Yevrodan to‘laydi

Obuna bo‘lish
Mablag‘ olish uchun sobiq sovet harbiy asirlari ariza yozib uni Berlinga jo‘natishlari kerak. Ushbu tovon puli olish huquqini me’ros tariqasida birovga berish ham mumkin.

TOShKENT, 30 okt — Sputnik. 1941-yil 22-iyundan 1945-yil 8-maygacha bo‘lgan davrda nemis asirligida bo‘lgan sovet harbiy xizmatchilari, 2,5 ming Yevro tovon to‘lovi olishlari mumkin, Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi xabari asosida.

Diplomatik missiya xabariga ko‘ra, ushbu to‘lov ixtiyoriy ravishda olinishi mumkin, uni olish huquqi meros tariqasida boshqa kishiga berilishi ham mumkin.

Germaniya elchixonasi sobiq harbiy asirlarni erkin formada ariza yozib uni Berlindagi Hal qilinmagan mol-mulk masalalari Federal xizmatiga, quyidagi manzilga yuborish kerak: Bundesamt für zentrale Dienste und offene Vermögensfragen, DGZ Ring 12, 13086 Berlin.

 

Yangiliklar lentasi
0