Jon Kerri O‘rta Osiyodan nima qidirmoqda?

Obuna bo‘lish
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri O‘rta Osiyoda sobiq Ittifoqning besh mamlakatiga tashrif buyuradi.

Andrey Kazansev, Moskva Davlat Xalqaro Aloqalar Instituti (MGIMO) Tahliliy markazi direktori.  

Qirg‘iziston va O‘zbekiston

Jon Kerrining Qirg‘izistonga tashrifi AQSh va Qirg‘iziston munosobatlarining murakkab bosqichida bo‘lib o‘tmoqda. Qirg‘iziston prezidenti Atambayev AQShga qaratilgan adovatli bayonotlar qilmoqda. Undan tashqari, Qirg‘iziston Manas aeroportida joylashgan amerika harbiy bazasini yopdi va Yevroosiyo Ittifoqiga a’zo bo‘ldi. Bu esa, o‘z navbatida, ushbu yo‘nalishda Vashington siyosati ustidan Moskva g‘alabasini bildiradi.    

Ushbu mamlakatda hozirgi kunda ikki mamlakat katta ta’sirga ega: Rossiya va Xitoy. Xitoy asosan  iqtisodiy yo‘nalishda, amerika ta’siri esa ancha susaygan.    

Tashrifning asosiy siyosiy voqeasi Samarqandda bo‘lib o‘tadi. U yerda Kerri O‘rta Osiyoning besh mamlakati TIVlari bilan uchrashadi. Bu yangi format “S5+1” deyiladi, ya’ni: besh O‘rta Osiyo mamlakati va AQSh. Ushbu format regionda susayib borayotgan AQSh ta’sirini kuchaytirishga qaratilgan. O‘rta Osiyoda Rossiya va ayniqsa Xitoy ta’siri kuchayib, AQShni siqib chiqarmoqda.

Albatta, Kerri O‘zbekiston vakillari bilan uchrashadi. O‘zbekiston regionda AQShdan eng ko‘p harbiy yordam oluvchi mamlakatlardan biri. Bu esa, Afg‘oniston shimolidagi notinch vaziyatni hisobga olganda — juda muhim masala. Vashington Toshkentning, Rossiya atrofida tashkil qilingan ODKB va YeAES kabi tashkilotlarga a’zo bo‘lmasdan, Moskva va Pekindan o‘z mustaqilligini saqlab qolishga qaratilgan tirishqoqligiga yuqori baho beradi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, O‘zbekiston hukumati, AQSh bilan “yaqin munosobatlar”ga kirishishga qarshi. Buning sababi, O‘zbekiston hukumati, bir necha yil oldin islom dini ekstremistlari tomonidan tashkil qilingan Andijon voqealarida chet davlatlarning, xususan AQShning qo‘li bor,  deb baholamoqda.  

Qozog‘iston

Kerrining yana bir bekati bu Ostona bo‘ladi. U yerda Kerri, Amerika — Qozog‘iston  strategik dialogi doirasida uchrashuv o‘tkazadi va O‘rta Osiyoning dunyodagi o‘rni haqida gapiradi.

Shu o‘rinda aytish joizki, yaqinda BMT sammiti vaqtida Nazarboyev va Obamaning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvdan keyin Obama “Qozog‘iston AQShning O‘rta Osiyodagi muhim hamkori” deb e’lon qilindi. Qozog‘iston, Yevroosiyo Ittifoqining eng faol a’zosi bo‘lishiga qaramasdan, AQSh bilan munosobatlarini o‘zining “ko‘p yo‘nalishli” tashqi siyosati doirasida saqlab kelmoqda.

Shu o‘rinda, AQSh va Qozog‘iston munosobatlarini bir so‘z bilan aytganda “pragmatik”, ya’ni “hisob-kitobli” deyish mumkin. Qozog‘iston va AQSh munosobatlarida hech qanday uzoq muddatli strategik hamkorlik ko‘zda tutilmagan, gap faqat o‘zaro iqtisodiy munosobatlar va regionda xavfsizlikni saqlash masalalari haqida ketayapti.

Turkmaniston

Ashxobod va Dushanbeda ushbu mamlakatlar rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Kerrining Turkmanistondagi uchrashuvi qiziq natijalarga olib kelishi mumkin. Yaqinda Ashxobod tashqi siyosatga aloqador bo‘lgan bir necha harakatlar qildi. Ko‘pchilik ushbu harakatlarni AQSh foydasiga va Rossiyaga qarshi qaratilgan deb baholadi. Putin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyin, Qozog‘iston prezidenti Nazarboyev, barchani turkman-afg‘on chegarasidagi notinchlik bezovta qilayotganini aytdi. Turkmaniston TIV bo‘lsa, bu yo‘nalishda hech qanday xavf yo‘q deb norozilik notasi bilan chiqdi. Ko‘pchillik, ushbu keskin namoyishkorona diplomatik harakatni, Ostonaga o‘z o‘rnini ko‘rsatish va “bizni ishimizga aralashma” deyish, deb baholadi. Albatta bu bir tomondan Moskvaga ham taaluqli.

Shu bilan bir paytda, Turkmaniston TIV AQShda xavfsizlik masalalari bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Bu borada ekspertlar, xalqaro betaraf mavqega ega bo‘lgan Turkmaniston rahbariyati, AQShdan o‘z xavfsizligiga kafolat olmoqchi va unga javoban Amerikaga “Mari-2” harbiy aerodromini foydalanishga topshirmoqchi, degan asosli xulosalar chiqarishdi. AQSh uzoq vaqtlardan beri ushbu harbiy obyektga qiziqish uyg‘otayotgan edi. undan tashqari Ashxobod “TAPI” gaz o‘tkazgichini “qayta tiriltirdi”. TAPI – Turkmaniston – Afg‘oniston – Pokiston – Hindiston mamlakatlari orasida rejalashtirilgan gaz o‘tkazgich. Uni amalga oshirish uchun, albatta, hozirgi kunda Afg‘onistonda yagona jidiy harbiy kuch bo‘lgan — AQSh kafolati kerak.    

Ustiga ustak, Turkmaniston hukumatining Yaponiya bilan ma’lum darajada “uyin” olib borishi, va TAPI gaz o‘tkazgichi uchun zarur bo‘lgan gaz konini Xitoy o‘rniga Yaponiyaga berishga qaratilgan harakatlari ham, AQSh tomoniga qaratilgan yana bir qadam sifatida baholanmoqda.

Ushbu omillar asosida, ekspertlar orasida shunday xulosa chiqarildi: Ashxobod AQShdan o‘z xavfsizligiga kafolat olib, Moskvadan ham Pekindan ham masofa saqlab turmoqchi. Iqtisoddagi Xitoy ta’sirini qisman Yaponiyaga almashtirmoqchi. Kerrining tashrifi, ushbu mulohazalar to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatadi.

Nima bo‘lganda ham yuqorida keltirilgan qaltis rejaning amalaga oshishi ancha mushkul masala, chunki g‘arbda “stalin Disneylendi” nomini olgan mamlakat bilan, AQSh o‘zini chambarchas bog‘lashiga ishonish amrimahol. Undan tashqari amerikaliklarning Afg‘onistondagi vaziyatga va oqibatda “Mari-2” harbiy aerodromiga ham, qiziqishi susayib bormoqda. Agar voqea shu yo‘nalishda ketsa, turkman-afg‘on chegarasida jiddiy notinchlik bo‘lishi kutilayotgan bir paytda, Turkmaniston qimmatbaho vaqtni yo‘qotishi mumkin.   

Tojikiston

Tojikiston Yevroosiyo Ittifoqiga kirib Rossiya bilan o‘zini  bog‘lash yoki “ko‘p qirrali” tashqi siyosatni saqlab qolishni hal qilayotgan bir paytda, Kerri tashrif buyurmoqda. Eslatib o‘tamiz, Tojikiston ODKBga a’zo bo‘lib Rossiyadan allaqachon xavfsizlik kafolatiga ega bo‘lgan. Vashington Dushanbega “ko‘p qirrali” tashqi siyosatni saqlab qolishborasida turli takliflar qilish ehtimoli juda katta.

Umuman olganda Kerrining O‘rta Osiyoga tashrifi juda murakkab vaziyatda o‘tmoqda. Yaqin kunlargacha AQSh O‘rta Osiyo bilan “Afg‘oniston muammosi” tufayli qiziqayotgan edi, endi bo‘lsa Oq uy siyosatida Rossiya masalasi birinchi o‘ringa chiqmoqda. Xususan AQSh siyosati Rossiyaning sobiq Ittifoq hududidagi ta’sirini cheklashga qaratilgan.  

Shu bildan bir vaqtda AQSh uchun O‘rta Osiyoda  xalqaro terrorrchilikka qarshi kurash va Xitoy ta’sirini cheklash ham zarur masalalar qatoridan joy olgan.  

 

Muallif nuqtayi nazari tahririyat nuqtayi nazariga mos tushmasligi mumkin.

 

 

Yangiliklar lentasi
0