"Volgaburmash" O‘zbekiston bozorida o‘z ulushini ikki baravar oshiradi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishBurg‘ulash qurilmasi
Burg‘ulash qurilmasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Korxona O‘zbekistonning neft va gaz qazib olish sohalariga turli xil burg‘ulash iskanalari yetkizib beradi.

TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Rossiyaning "Volgaburmash" korxonasi ushbu yilda O‘zbekistonga eksportini ikki martadan ziyodga oshirmoqchi, korxona vakilining Sputnik muxbiriga bergan xabariga ko‘ra.

Uning so‘zlariga qaraganda har yil korxona O‘zbekistonga 4-5 million dollarlik mahsulot yetkizib beradi. Kelasi yilda ushbu ko‘rsatkichni 10-15 million dollarga yetkizish ko‘zda tutilgan.

“Bizda o‘zbek bozoriga qiziqish katta, chunki u yerda imkoniyatlar juda keng. Oldin O‘zbekistonlik korxonalar bilan vositachilar orqali ishlardik, endi bo‘lsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosobat qurish niyatidamiz”, — dedi u.

Korxona O‘zbekistonga uglevodorodlar qazib olish quduqlari uchun turli xil burg‘ulash  iskanalari yetkizib beradi. O‘tgan yili 3,5 ming dona turli xil iskanalar yetkizib berilgandi. Suhbatdoshning so‘zlariga qaraganda, respublikadaga “O‘zbekneftgaz” korxonalarini asbob-uskuna bilan ta’minlaydigan “O‘ztashqineftgaz” korxonasi bilan bir necha yildan beri amal qilayotgan shartnoma bor.  

“Sohaning yetakchi korxonalari bo‘lgan – Navoiy va Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatlari bilan aloqa o‘rnatish rejalashtirilgan. Bizning uskunalarimiz Xitoynikiga qaraganda, bir qator so‘zsiz imtiyozlarga ega, o‘ylaymanki, bu albatta o‘zbekistonlik hamkorlarni qiziqtiradi,” – dedi suhbatdosh.

O‘zbekiston bozoriga chiqish uchun hozir juda qulay vaqt, chunki rublning qadri tushib ketishi va dollar narxi oshishi Rossiya mahsulotlarining raqobatbardorligini sezilarli darajada oshirdi. Boshqa mamlkakat mahsulotlarining narxi oshgan paytda, bizning narxlarimiz pasaydi, dedi kompaniya vakili.

 

Yangiliklar lentasi
0