TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Suriya qurdlarining Tel-Abad shahrida avtonomiya tashkil qilish haqidagi xabarlaridan keyin, prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya harbiy operatsiya o‘tkazishi mumkinligini e’lon qildi.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga qaraganda, Turkiya chegarasida joylashgan Tel-Abad shaharda, qurdlar avtonomiyasi qurishni oldini olish uchun, u “qo‘lidan kelgan barcha ishni” qiladi. Ankara nuqtayi nazarida, Suriya qurdlarning ushub bayonoti, Turkiya xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi.
Turkiya AQSh boshchiligiagi “Islom davlati”ga qarshi kurash koalitsiyasi a’zosi va uning IDga qarshi harbiy operatsiyalarida qatnashib kelmoqda.
Turkiyada, 20-iyulda “Qurdiston ishchi partiyasi” tomonidan tashkil qilingan terakt va politsiya xodimlarining o‘ldirilishidan keyin vaziyat jiddiy keskinlashdi. Oxirgi uch oy davomida sodir qilingan teraktlar oqibatida 150 politsiya xodimlari, harbiylar va tinch fuqaro halok bo‘ldi. Turkiya harbiy samolyotlari 24-iyuldan boshlab Suriya va Iroq hududida joylashgan ID va “Qurdiston ishchi partiyasi” pozitsiyalarini bombardimon qilib kelmoqda.