O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida yer qimirlashi sodir bo‘ldi

© Matt KatzenbergerSeysmograf ishi
Seysmograf ishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston respublikasi Seysmologiya instituti ma’lumotiga qaraganda, yer silkinishlari kuchi, MSK-64 shkalasi bo‘yicha 3 ballni tashkil qildi.

TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Qirg‘izistonda erta tongda yana bir marta yer qimirlashi sezildi, Sputnik Qirg‘iziston respublika FH vazirligi xabariga asosan.

Qirg‘iziston respublikasi Seysmologiya instituti ma’lumotiga qaraganda, yer silkinishlari kuchi, MSK-64 shkalasi bo‘yicha 3 ballni tashkil qildi.  

Yer qimirlashi o‘chog‘i O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida, Iordan o‘zbek qishlog‘idan 2-3 km janubi-sharqda, Shohimardondan qishlog‘idan 8 km janubi-g‘arbda joylashgan.    

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda qurbonlar va keltirilgan zarar haqida ma’lumotlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 26-oktabr kuni Afg‘onistonda 7,5 balli kuchli yer qimirlashi sodir bo‘lgandi, va uning ta’siri Toshkentda ham 5,5 ball darajasida sezilgandi.

 

Yangiliklar lentasi
0