Xabib Abdullayev: o‘zbeklar – o‘tmishi buyuk xalq

© Sputnik / Vadim ShekunO‘zbek madaniyati va musiqasi kechasi
O‘zbek madaniyati va musiqasi kechasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvada o‘zbek madaniyati va musiqasi kechasi bo‘lib o‘tdi. Bayram tashkilotchilari mehmonlarga o‘zbeklarni faqat mehnat migrantlari sifatida qabul qilish kerak emasligini ta’kidladi.

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘tgan shanba kuni Moskvadagi Izmaylovo Kremli madaniy- ko‘ngilochar markazi quyoshli O‘zbekistonning shinam burchagiga aylandi. Taklif qilingan madaniy va boy gastronomik dastur tufayli, myehmonlar O‘zbekiston muhitiga “sho‘ng‘ish” imkoniga ega bo‘lishdi.

Marosimning asosiy tashkilotchisi Moskvadagi O‘zbek milliy-madaniy avtonomiyasi raisi Habib Abdullayev, ushbu kechaning asosiy maqsadi — bu xalqlar orasida madaniy suhbat o‘rnatish, o‘zbek milliy urf-odatlarini saqlab qolish va targ‘ib qilish, ekanligini aytdi.

“Hozir ko‘pchilik, biz birga bo‘lishimiz kerak demoqda, lekin xalqlar orasidagi munosobatlarda haliyam muammolar va qolipli qarashlar ko‘p. O‘zbeklarga, ko‘p hollarda mehnat migrantlari sifatida qaralmoqda. Biz ushbu kabi xurofotlarni sekin-asta yo‘q qilishga harakat qilamiz. Bizning vazifamiz, o‘zbeklar – buyuk tarixga ega bo‘lgan va bugungi kunda har sohada rivojlangan xalqligini eslatib qo‘yish”, — dedi Abdullayev.     

Moskvada kamdan-kam odam loft-kechada o‘zbeklarni tasavvur qila oladi. Lekin ko‘rib turganingizdek, buning hech ajablanarli joyi yo‘q, o‘zbeklar madaniyati boy xalq, deydi Xabib Abdullayev.

Kecha o‘zbekistonlik etnik-jaz guruhi SATO musiqasi ostida o‘tdi. Mehmonlarni xilma-xil sharqona shirinliklari hamda o‘zbekcha palov bilan siylashdi.  

 

Yangiliklar lentasi
0