Toshkentda 5,5 balli yer qimirlashi bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda bo‘lgan kuchli yer qimirlashi Olma-Ota, Beshkek va Toshkentda ham sezildi.

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Bugun Afg‘onistonda magnitudasi 7,7 balli yer qimirlash sodir bo‘ldi, RIA Novosti xabari asosida. Yer qimirlash O‘rta Osiyoning boshqa joylarida ham sezildi.

AQSh Jug‘rofiya xizmati (USGS) xabariga qaraganda, magnitudasi 7,7 ball bo‘lgan yer qimirlashi episentri Afg‘onistonning Jarm shahridan 45 km janubi-g‘arbida, 213,5 km chuqurlikda joylashgan.

Qozog‘iston Ta’lim vazirligining seysmologik stansiyasi xabariga ko‘ra, yer qimirlashining magnitudasi 7,2 ballni tashkil qilgan, episentri Olma-Otadan 904km, janubi-g‘arbda, Afg‘oniston hududida, 150 km chuqurlikda joylashgan. MSK-64 shkalasi bo‘yicha yer qimirlashi kuchi Chimkentda – 4 ball, Tarazda – 3-4 ballni tashkil qildi.  

Qirg‘iziston Favqulodda holatlar vazirligi xabariga ko‘ra, Beshkekda yer qimirlashi kuchi 4,4 ballni tashkil qildi.

“Toshkent” seysmostansiyasi xabariga ko‘ra, 26-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 14.10 da O‘zbekiston poytaxtida magnitudasi 5,5 balli yer qimirlashi sezilgan. Yer qimirlashi episentri Toshkentdan 345 km uzoqlikda, Afg‘oniston hududida joylashgan. Guvohlar aytishiga qaraganda, yer qimirlashi Samarqandda va Qashqadaryo viloyatlarida ham sezilgan.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, ushbu yer qimirlashi oqibatida Pokistonda 20 kishi Afg‘onistonda 21 kishi qurbon bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0