TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Toshkentda ta’mirlangan Alisher Navoiy nomli DAKT ochildi. Ochilish marosimida, O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Yaponiya bosh vazir Sindzo Abe qatnashdi, "Gazeta.uz" xabariga ko‘ra.
1947 yilda qurib bitkazilgan teatr binosi, milliy me’morchilikning noyob namunalaridan biri va mamlakat madaniy boyligidir. Uning qurilishida 1945-yilda Toshkentga haydab kelingan yaponiyalik harbiy asirlar qatnashgan.
Ta’mir davomida teatr binosi va uning atrofidagi maydon ham yangilandi. Binoning injener va kommunikatsiya tizimlari, jumladan isitish va havo haroratini nazorat qilish tizimlari to‘liq yangilandi. Teatr intererning dastlabki ko‘rinishini saqlab qolishga katta e’tibor qaratildi.
736 kishiga mo‘ljallangan, tomoshabinlar zali tillarang sharqona naqshlar va ulkan qandil bilan bezatilgan. Zal zamonaviy yoritish va tovush kuchaytirish uskunalari bilan jihozlangan. Sahaning pastki qismida orkestr o‘rasi joylashgan. Kerak bo‘lganda, u sahna darajasigacha baland ko‘tarilishi mumkin.
Teatr qayta ochilishi munosobati bilan, katta bayram konserti bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbek bastakorlarining asarlari ijro etildi.