TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Toshkentda o‘tkazilgan o‘zbek-yapon bines-forumi dvomida BMTni islohot qilish masalasini ko‘tardi, Sputnik muxbiri xabariga ko‘ra.
Karimovning so‘zlariga qaraganda, xozirgi, dunyoda vaziyat kun sayin murakkablashib, yetuk mamlakatlar, Xavfsizlik qo‘mitasi a’zolari orasida qarama-qarshilik kuchayib borayotgan bir paytda, BMT ni islohot qilish vaqti kelamadimikin degan savol paydo bo‘ladi.
O‘zbekiston rahbari BMT tashkil qilinganiga 70-yil bo‘lganini va xalqaro tashkilotning prinsip va yondashish uslublari eskirganini ta’kidlab o‘tdi.
“To‘g‘risini aytish kerak, zamon oldinga ketmoqda, BMT Xavfsizlik tizimi bo‘lsa bir joyda to‘xtab qolgan. O‘z-o‘zidan savol paydo bo‘ladi – qaday yashash mumkin, yechimi qiyin muammolar paydo bo‘lmoqda, BMTning bugungi omillari bilan ularni hal qilishning iloji yo‘q”, — dedi malakat rahbari.
Respublika rahbari bugungi kunda ba’zilar Uchinchi jahon urushi haqida bamaylixotir gapirayotganini haqida g‘azablanib gapirdi.
“Biz esdan chiqardik yoki dunyo o‘zgardi. Bir tomondan g‘alabaning 70-yilligini bayram qilamiz, ikkinchi tomondan, ikki yetakchi mamlakatlar orasidagi qarama-qarshilik uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkinligi haqida bamaylixotir gapiramiz. Men bu haqda o‘z fikrimni ko‘p majlis va anjumanlarda aytganman. Agar sizlar bamaylixotir Uchinchi jahon urushi haqida gapirarkansiz, bir narsani unutmang, agar Uchinchi jahon urushi ro‘y bersa, u odamzod tarixida oxirgisi bo‘ladi”, — dedi shijoat bilan Islom Karimov.
So‘zining oxirida prezident Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abega O‘zbekistonga katta jamoasi bilan birga tashrifi uchun minnatdorchilik bildirdi va Yaponiyani O‘zbekistonning muhim strategik hamkori dedi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘zbek-yapon biznes forumida, tomonlar xususan O‘zbekistonda sintetik yonilg‘i zavodi qurilishda, neft va gaz zahiralarini razvedka qilish, qazib olish, kimyo, elektrotexnik, avtomobil va telekommunikatsiya sohalarida yapon korxonalarining qatnashishi masalalarini muhokama qilishdi.