TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Mercedes Benz Fashion Week Russia ko‘rigida o‘zbek dizayneri Zulfiya Sultonning 2016-yil bahor-yoz fasli liboslari ko‘rigi bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rikni hayajon bilan kutayotgan modeler o‘z his-tuyg‘ulari bilan Facebookda o‘rtoqlashdi.
“Men podiumdan ajoyib o‘zbek matolari tili bilan gapiraman, yorqin va jimjimador ikat naqshlari hamda jozibali ko‘rinishlar! Umid qilamanki, bu chiroyli, mazmunli va esda qoladigan feshn-monolog bo‘ladi, hatto eng tanti ommani ham befarq qoldirmaydi,” – dedi Zulfiya Sulton.
FashionTime Designers loyhasining bir bo‘lagi bo‘lgan Zulfiya Sulton brendi ko‘rigi juma kuni Moskva vaqti bilan soat 15:00 boshlanadi. Ko‘rik Manejda ko‘rgazmalar zalida bo‘lib o‘tadi.
Moda Haftasi ko‘riklari boshlangandan buyon Moskva podiumlarida dunyoning 400dan ortiq dizayner va brendlari o‘z mahsulotlarini namoyish qildi. Hafta yulduzlari bu Rossiya modasining taniqli nomlari – Slava Zaysev, Alena Axmadullina va Dasha Gauzer.