TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Uzbekiston BMTga mamlakatda ayollar huquqlarini tenglashtirishga qaratilga hatti-harakat haqida bayonot beradi, BMT radiosi xabari asosida.
O‘zbekiston hukumati oiladagi zo‘ravonlik holatlari bilan kurash choralarini ishlab chiqdi. Delegatsiyasi a’zolari BMTda ushbu qonunda ko‘zda tutilgan, ayol o‘z eri tomondidan zo‘rlanganda erning jinoiy javobgarlkka tortilishi haqida hamda respublikada majburiy sterilizatsiyani bekor qilish, homiladan saqlanishning xavfsiz usullari va ko‘p nikohli oilalar sonining ko‘payishini oldini olish haqida aytib beradi.
Ayollar huquqlarini cheklashni to‘xtatish qo‘mitasi (CEDAW) respublika rahbariyatiga davlat muassasalarida va xususiy tashkilotlarda ayollarga lavozim berish borasida bir necha savollar berdi.
Oldinroq, ushbu tashkilot respublikadagi “ko‘hna tafakkur hamda ayol va erkaklar borasidagi chuqur ildiz otgan qolipli qarashlar”ga tashvishli munosobat bildirgandi. Qo‘mita hukumat ushbu yo‘nalishda qanday ishlar qilayotganligi bilan qiziqdi.