TOShKENT, 22 okt — Sputnik. YouTube videoxosting xizmatida 28-oktabrdan boshlab pullik obuda xizmati paydo bo‘ladi, deb xabar berdi YouTube rasmiy blogi.
YouTube Red ga obuda bo‘lgan foydalanuvchilar videolavhalarni cheklanmagan miqdorda reklamasiz tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladilar. Undan tashqari videolavhalarni yuklab olib internet aloqasi bo‘lmagan paytda ham tomosha qilish mumkin.
Ushbu obuna narxi oyiga 9,99 dollarni tashkil qiladi. YouTube xizmatidan har qanday uskunalarda foydalanish mumkin. Undan tashqari videolavhalarni tomosha qilish uchun YouTube maxsus dasturini ham ishlatish mumkin.
Kompaniya xabariga ko‘ra, kelasi yildan boshlab YouTube Red xizmati foydalanuvchilari bir qator film va videolavhalarga eksklyuziv tomosha qilish huquqini oladilar.
Yana bir yangilik, bu kompaniyaning YouTube Music dasturidir. Ushbu dastur foydalanuvchilari ma’lum to‘lov evaziga, millionlab musiqali videolavhalarni qonuniy ravishda tomosha qilishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda YouTube ma’muriyati avtorlik huquqini juda jiddiy muhofaza qiladi va ushbu qoidaga mos bo‘lmagan videolavhalar namoyishi darhol to‘xtatiladi.