TOShKENT, 21 Okt — Sputnik. Suriya prezidenti Bashar Asad Moskvaga keldi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Peskov xabariga ko‘ra, kengaytirilgan tartibdagi muzokaralarda Rossiya yuqori rahbariyati to‘liq tarkibda qatnashdi. Unining aytishicha "Kutilgan va ma’lum mavzudagi muzokaralar uzoq vaqt davom etdi".
“Terrorchilik guruhlariga qarshi kurash, Rossiya harbiy operatsiyasini davom ettirish masalalari va Suriya qo‘shinlarining hujumini qo‘llab quvvatlash mavzulari ushbular jumlasidan. Prezident Suriyadagi vaziyat haqida batafsil ma’lumot oldi, istiqbolli rejalar va ikki taraflama munosobatlarning har xil tomonlari bilan tanishdi”, — dedi Peskov.
Bashar Asadning kelajagi haqida Peskov hech narsa demadi.
“Suriya bilan munosobatlarimiz do‘stona, shuning uchun biz nafaqat terrorchilar bilan jangda, balki siyosiy jarayonda ham yordam berishga tayormiz”, — dedi Vladimir Putin.
Rossiya rahbari, ushbu jarayon dunyo va Yaqin Sharqdagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishni istagan boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikda olib borilishini, ta’kidladi.
Bashar Asad — Rossiya yordami xalqaro huquq asosida olib borilayotganini alohida ta’kidladi.
“Avvalombor, Rossiya Federatsiyasi rahbaratiga va xalqiga Suriyaga ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorchilik bildirishni istardim. Ular Suriyaning birligi va mustaqilligini himoya qilayotganliklari uchun Rahmat. Asosiysi bularning hammasi xalqari huquq arosida amalga oshirilmoqda”, dedi Bashar Asad.
Muzokaralarda Rossiya tomonidan Sergey Lavrov va Sergey Shoygu ham qatnashishdi.