O‘rta Osiyoda birinchi BMT ekoparki ochildi

© Gazeta.uzBMT Ekoparkida daraxt ekish
BMT Ekoparkida daraxt ekish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston milliy bog‘idagi ko‘l bo‘yida 400 daraxt ko‘chati uchun maydon ajratildi.

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. BMTning 70-yillik yubileyi munosobati bilan, Toshkentda O‘rta Osiyoda birinchi BMT Ekoparki ochildi. Ochish tantanasida BMTning O‘zbekistondagi 200dan ziyod xodimlari qatnashdi. Ekopark O‘zbekiston ekologiya harakati va Toshkent hokimiyati ko‘magida ochildi, Gazeta.uz xabariga ko‘ra.  

“Daraxt uzoq umr belgisi. BMT yaratilgandan buyon uzoq umr ko‘rmoqda. Bugungi dunyo 70-yil avvalgidan juda katta farq qiladi”, — dedi BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisner.

Bir gektar maydonda 400 dona turli xil daraxt ko‘chati ekildi. Manzara dizaynerlarining gapiga qaraganda, turli daraxtlarning bir biri bilan yonma-yon o‘sishi ushbu Ekobog‘ga alohida ko‘rinish yaratadi.  

“Ushbu daraxt turlarini biz O‘simlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti bilan yaqin hamkorlikda tanladik”, — deydi O‘zbekiston Ekologik harakati faoli Saidrasul Sanginov.  

Kelajakda daraxtlarni Milliy bog‘ ma’muriyati va BMT vakolatxonasi xodimlari parvarish qilishadi.

 

Yangiliklar lentasi
0