Fransua Olland Islom Karimovni Parijga taklif qildi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishFransiya prezidenti Fransua Olland
Fransiya prezidenti Fransua Olland - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari ushbu taklifga hali javob bermadi. Iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan BMT anjumani 30-noyabrdan 11-dekabrgacha bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha Fransiya elchisi Beranjer Kensi O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar berdi O‘zbekistondagi Fransiya elchixonasi.

Parij diplomatik xizmati rahbari Fransua Ollandning Islom Karimov nomiga yo‘llangan taklifnomasini prezidentga taqdim etdi.

Toshkentda Kensi iqlim o‘zgarishlari mavzusida leksiya o‘qidi. Unda O‘zbekiston Gidrometeo markazi, Qishloq va va suv ho‘jaligi vazirligi, Orol dengizi qutqarish fondi, Davlat Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va O‘rta Osiyo Ekologiya markazi xodimlari qatnashdi.

Uchrashuv davomida elchi O‘zbekiston hukumati tomonidan ko‘rilgan choralar borasida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Dunyoda iqlim o‘zgarishi borasida yangi kelishuvga erishishga bag‘ishlangan XXI anjuman Parijda 30-noyabrdan 11-dekabrgacha bo‘lib o‘tadi.

 

Yangiliklar lentasi
0