TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Stambul politsiyasi IDga qarashli o‘quv markazini yo‘q qildi, deb xabar berdi RIA Novosti, Turkiyada chop etiladigan Vatan gazetasi xabari asosida.
Ankarada bo‘lib o‘tgan terakt munosobati bilan, Turkiya politsiyasi Stambulning Pendik tumanida terrorchilikka qarshi reyd o‘tkazdi va ushbu reyd chog‘ida ellikka yaqin chet el fuqarolari qo‘lga olindi.
Turkiya huquqni saqlash xodimlari xabariga ko‘ra, qo‘lga olinganlardan 24 kishi O‘zbekiston va Tojikictondan kelgan o‘smirlar bo‘lib, ular ID tayorlov markazida radikal Islom va ID hududida yashash qoidalarini o‘rganishgan.
Qo‘lga olinganlar o‘qish tugagandan keyin Suriya hududiga borib “Islom davlati” terrorchilik guruhiga qo‘shilishga tayorgarlik ko‘rishgan.
“Islom davlati” terrorchilik guruhi, hozirgi kunda, dunyo tinchligiga tahdid solayotgan eng asosiy xavf bo‘lib qolmoqda. Qisqa vaqt ichida terrorchilar Suriya va Iroq hududida katta maydonlarni egallab olishga muvffaq bo‘lishdi. ID jangarilari safida taxminan besh minnga yaqin MDH fuqarolari jang qilmoqda.