OAV: Vashington Iroqdan Rossiya bilan yaqinlashishni bas qilishni talab qildi

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Mediabankka o‘tishBog‘dod shahri
Bog‘dod shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Economist: AQSh Rossiya Iroqda o‘ziga oldingi obro‘sini tiklab olishidan qo‘rqadi.

MOSKVA, 19 okt – Sputnik. ID bilan kurash bo‘yicha AQSh koordinatori o‘zining Iroqqa bo‘lgan safari chog‘ida ushbu mamlakat bosh vaziriga Vashington Bog‘dodning Moskva  bilan yaqinlashuvidan tashvishda ekanligini xabar berdi, RIA Novosti "Ash-Shark al-Ausat" gazetasi xabari asosida. 

“Islom Davlati” bilan kurash bo‘yicha AQSh koordinatori Djon Allen Iroq bash vaziri Xaydar al-Abadiga Vashington Bog‘dodning Moskva  bilan yaqinlashuvidan tashvishda ekanligini xabar berdi. Bu haqda Londonda arab tilida chop etiladigan "Ash-Shark al-Ausat" gazetasi xabar berdi.

Oldinroq, Rossiya Eron va Iroq Bog‘dodda ID bilan ushbu uch davlat olib borayotgan kurashini muvofiqlashtirish uchun birlashgan axborot markazi tashkil qilishgan edi. Ushbu markazning asosiy maqsadi – Yaqin Sharq hududida IDga qarshi olib borilayotgan kurash borasidagi barcha ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va umumlashtirish. Undan tashqari to‘plangan ma’lumotni belgilangan maqsadlarda ishlatish, tezkor ravishda ushbu koalitsiya bosh shtablariga yetkizib berish.

Djon Allen Xaydar al-Abadiga Vashington Bog‘dodning Moskva  bilan yaqinlashuvidan tashvishda ekanligini aytib shunday dedi: “AQSh prezidenti Barak Obama IDbilan kurashda o‘z o‘rni bilan qiziqdi. Nahot Iroq AQShga minnatdor bo‘lmasa?”, — deb xabar beradi gazeta.    

Xabar davomida, Djon Allen Iroq bosh vaziridan Rossiya bilan hamkorlk qilishni to‘xtatishni so‘ragan.  Al-Abadi, o‘z navbatida, bunga rozilik bildirgan va kerak bo‘lganda Bog‘dod o‘z harakatlarini Vashington va AQSh boshchiligidagi koalitsiya bilan bilan muvofiqlashtirishiga va’da bergan.

AQSh boshchiligidagi koalitsiya Iroq va Suriya huudidagi ID pozitsiyalariga zarba berishni o‘tgan yil boshlagan. Iroq hududida koalitsiya zarbalari ushbu mamalkat hukumati bilan hamkorlikda olib borilmoqda, lekin Suriya hududidagi zarbalar hukumat bilan kelishilmagan holda amalga oshirilmoqda.

Ushbu yilning 30-sentabridan boshlab Rossiya, Suriya prezidenti Bashar Asad murojaatiga binoan, “Islom davlati” pozitsiyalariga havodan zarba berishni boshladi. Ushbu kunga qadar Rossiya Havo-kosmik kuchlari 450dan ziyod zarbalar berib, 300 nafar jangari, qurol-yarog‘ omborlari, boshqaruv va aloqa punktlari, tayorlov lagerlari va harbiy inshootlarini yo‘q qildi.

 

Yangiliklar lentasi
0