O‘zbekistonda Koreya madaniyati haftasi boshlandi

Obuna bo‘lish
Madaniyat haftasi davomida Koreya kino haftasi, bolalar va o‘smirlar uchun futbol bo‘yicha master-klass va boshqa bir qator madaniy tadbirlar rejalashtirilgan.

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. 19 oktabrdan 24 oktabrgacha Toshkentda, Nukusda va Urgenchda Koreya respublikasi elchixonasi ko‘magida Korean Week-2015 tadbiri boshlandi, Review.uz portali xabariga ko‘ra.

Tadbir maqsadi ikki xalq orasida do‘stlik va hamfikrlikni mustahkamlash.

Hafta davomida bir qator madaniy tadbirlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Koreya kinosi festivali, bolalar va o‘smirlar uchun futbol bo‘yicha master-klass, “O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida do‘stlik” mavzusida tasvirlar ko‘rgazmasi va Koreya milliy amaliy san’at namunalari ko‘rgazmasi shular jumlasidan.

19 oktabr kuni, kinofestival ochilish marosimida Koreya teatr guruhi an’anaviy "Samulnori" namoyishini taqdim etadi.

O‘tgan yilda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonga Koreya respublikasi futbol jamosasining sobiq o‘yinchisi, hozir o‘smirlar futbol klubining bosh direktori, futbol komentatori va KOICA tashkilotining faxriy elchisi Song Chonggug keladi. U O‘zbekiston o‘smirlar futbol jamoasi uchun master-klass o‘tkazadi.

Koreya an’aanaviy amaliy san’atiga bag‘ishlangan tadbirlar 21-22 oktabr kunlari Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasida, Nukusdagi musiqa va san’at maktabida va Urgenchdagi "Barkamol avlod" bolalar markazida bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0