TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Har yil o‘tkaziladigan yoshlar festivali 24-25 oktabr kuni “Bolalar san’at va ijod markazida" (avvalgi Ekopark) bo‘lib o‘tadi, Facebookdagi rasmiy guruh xabariga ko‘ra.
Xabarga ko‘ra, rolikda uchish (Freestyle Slalom va Aggressive Inline uslublari), skeytbordda uchish, BMX velosipedlarida uchish hamda bitboks va breyk dans bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Sport bellashuvlaridan tashqari parkur, triking, vorkaut, mauntinbayk, graffiti, rep va boshqa yo‘nalishlarda namunali chiqishlar bo‘ladi.
Festival “Biz — sog‘lom turmush tarzi uchun” shiori ostida bo‘lib o‘tadi. Festival O‘zbekiston Madaniyat va Sport vazirligi, “Kamolot” yoshlar fondi, Bolalar Sportini rivojlantirish fondi, Ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasi, “Sog‘lom avlod uchun” fondi va Facile Unity Called Urban loyhasi ko‘magida bo‘lib o‘tadi.