TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekiston MXX O‘zbekiston chegarachilari tomonidan 16-oktabr kuni besh Tojikiston fuqarosiga qarshi qurol ishlatilganligi, ulardan ikkitasi qurbon bo‘lganligi haqidagi ma’lumotni rad etdi.
“Bizning chegarachilar tomonidan ushbu yo‘nalishda qurol ishlatilmagan, Davlat chegarasni buzish holatlari qayd etilmagan”, — deyilgan Qo‘mita xabarida.
O‘zbekiston MXX xabariga ko‘ra, 2015-yil 16-oktabr kuni soat 21:30da Panjikent chegara bo‘limida qo‘shni davlat chegarachilari 14-oktabr kuni ikki Tojikiston fuqarosi ovga chiqib ketib qaytib kelmaganligini xabar bergan.
Chegaraning O‘zbekiston tomoni tekshirib ko‘rilganda, u yerda hech qanday chegara buzish belgilarini topilmagan va ushbu haqda O‘zbekiston chegarachilari Tojikistonlik hamkasabalarga xabar berishgan.