TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Toshkentdagi “Minor” masjidi gumbazini qoplab turgan osmonrang plitkaning bir qismi ko‘chib tushdi.
Facebookning "Voditeli Tashkenta" guruhi sahifasida shikastlangan masjid gumbazi fotosurati paydo bo‘ldi.“Minor” masjidi qurilishi 2013-yilda boshlanib 2014-yilning 1-oktabrida Qurbon hayit bayrami arafasida, masjid qavmlarga o‘z eshigini ochgandi.
Masjid binosi milliy o‘zbek me’morchilik uslubida qurilgan bo‘lib, unig ikki minorasi va katta moviy gumbazdan tashkil topgan. Masjidning ichki qismi milliy naqsh va Quron va Hadis kitoblaridan lavhalar bilan bezatilgan. 2400 kishiga mo‘ljallangan masjid, ochilgandan keyin Toshkentdagi eng yirik diniy markazlardan biriga aylandi.
“Minor” masjidi O‘zbekiston hukumati va O‘zbekiston musulmonlar idorasi mablag‘lari yordamida qurilgan. Masjidda namozxonlar uchun barcha zamonaviy qulayliklar mavjud.