Ravon avtomobillari Belorussiyada 2016-yilda sotuvga chiqariladi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishRAVON yangi avtomobil brendi taqdimot marosimi
RAVON yangi avtomobil brendi taqdimot marosimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oldin O‘zbekistonda ishlab chiqarilagn avtomobillar Belorussiyada Daewoo brendi ostida sotuvga chiqarilgan edi.

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. GM-Uzavtosanoat mahsulotlari yangi brend ostida Belorussiya bozoriga 2016-yilda sotuvga chiqadi, Autoban.by portali xabariga ko‘ra.

2016 yildan boshlab Belorussiya avtomobilchilariga yaxshi tanish bo‘lgan Daewoo Nexia va Daewoo Matiz avtomobillari o‘riniga Ravon avtomobillari sotila boshlaydi.

Yangi modellar qatori Ravon R2 — qayta ishlangan Shverole Spark,  Ravon R4 – Shevrole Kobaltning bir turi, Ravon Gentra (Shevrole Lachetti) va nomi hali noma’lum yangi 4wd krossoverdan tashkil topgan.  

Belorussiyadagi rasmiy distributer omborlarda qolgan Daewoo rusumli avtomobillarni chegirma bilan sotish e’lon qilindi. Ravon avtomobillari Belorussiyada necha pul turishi hali noma’lum, lekin ularning narxi maqbul bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz yaqinda O‘zbekiston-AQSh qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan Ravon avtomobillari taqdimot marosimi Moskvada bo‘lib o‘tgandi. Ravon Rossiya bozorida oldin Daewoo va Chevrolet brendlari ostida sotilgan avtomobillar segmentidan o‘rin oladi.

 

Yangiliklar lentasi
0