Islom Karimov MDH davlat rahbarlari uchrashuvi haqida

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishUzbekiston prezidenti Islom Karimov
Uzbekiston prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan MDH davlat rahbarlari uchrashuvi haqida o‘z fikrini bildirdi

TAShKENT, 17 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan MDH davlat rahbarlari uchrashuvi haqida o‘z fikrini bildirdi, prezident matbuot xizmati xabari asosida.  

Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan kengashda Islom Karimov, hozirgi, uzoq va yaqin mamlakatlarda ro‘y berayotgan siyosiy mojarolar, o‘sib borayotgan terrorchilik va ekstremizm xavfi hamda iqtisoidiy va moliyaviy murakkab zamonda, MDH davlat rahbarlari uchrashuvi o‘z vaqtida o‘tkazilayotganligi va uning katta ahamiyatga ega ekanligini aytdi.

“Hamdo‘stlik – bu davlatlarning bevosita muloqot qilishi, fikr almashishi, dolzarb masalalarni muhokama etishi, o‘zaro manfaatlar va yaratilgan mustahkam huquqiy baza, o‘zaro hamkorlik bo‘yicha ishlab chiqilgan vosita va mexanizmlar hisobga olingan holda, ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi bahs va munozaralarni hal etish uchun keng imkoniyat beradigan tuzilmadir”, — dedi Islom Karimov.

So‘zini davom ettirarkan, Islom Karimov sobiq Ittifoq davlatlari orasida MDHdan boshqa davlatlararo tuzilmalarning paydo bo‘layotganligi tufayli, MDH davlat rahbarlari Kengashi majlislari, aksariyat hollarda, umumiy xarakterga ega bo‘lib qolayotganligini va majlislarda ko‘rilayotgan masalalar mohiyati, kundalik hayotdan ancha yiroq bo‘lib qolayotganligini ta’kidladi. Islom Karimovning fikriga ko‘ra, MDH va Yevroosiyo Ittifoqi o‘z kun tartibi va harakat dasturiga ega bo‘lishi, bir-birini almashtirmasligi, takrorlamasligi,  aksincha to‘ldirishi kerak.

O‘zbekiston prezidenti Afg‘onistondagi notinch ahvol  haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. U yerdagi jangari guruhlar mamlakatning shimol va shimoli sharq hududlariga o‘tayotganligi va mamlakatning ayrim hududlarini bosib olishga harakat qilayotganligi chuqur tashvish uyg‘otayotganligi ta’kidladi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Qunduz voqealari, prezidentning fikriga ko‘ra, Afg‘oniston armiyasi tolibonlarga qarshilik ko‘rsatishga, hukumat esa mamlakatni to‘liq nazorat qilishga qodir emasligini ko‘rsatdi. Shuni inobatga olib, Afg‘onistonda AYSAF harbiylarini  ko‘paytirish va ularni u yerda bo‘lishini bir necha yilga uzaytirish kerak, degan fikrni bildirdi O‘zbekiston prezidenti.  

“Afg‘onistondagi vaziyat qanday kechishidan qat’i nazar, shuni to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, Afg‘oniston muammosini faqat bir yo‘l, ya’ni BMT shafeligida tinch siyosiy muzokaralar o‘tkazish va o‘zaro kurashayotgan tomonlarni murosaga keltirish orqaligina hal etish mumkin. Boshqa yo‘l yo‘q”, – dedi Islom Karimov.

Islom Karimov Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevga MDHga raislik qilish navbati bilan tabrikladi va ushbu ma’suliyatili vazifani bajarishda muvaffaqiyat tiladi.

Yangiliklar lentasi
0