TOShKENT, 16 okt — Sputnik. MDH davlatlari rahbarlari Ostonada 2016-2020 yillarda harbiy hamkorlik konsepsiyasi va tashqi chegaralarni mustahkamlash borasida hamkorlik dasturini imzoladilar.
Kengashda tashqi chegaralarda yuz berishi mumkin bo‘lgan mojarolarni hal qilish uchun hamdo‘stlik davlatlar orasida chegara va boshqa xizmatlar guruhi tuzish haqida kelishib olindi.
Davlat rahbarlari MDH hududida: migratsiya jarayonlarini huquqiy ta’minlash, birlashgan tezkor — qidiruv guruhlari tuzish, Jazo o‘tash muassasalari rahbarlari kengashi tuzish hamda favqulodda holatlar oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish borasida hamkorlik haqida kelishib olishdi.