Putin: terrorchilar maqsadi – O‘rta Osiyo hududiga kirib olish

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ta’kidlashicha, Afg‘onistonda vaziyat judda notinch, O‘rta Osiyo hududi ham vaziyat jiddiylashishiga tayor bo‘lish kerak.

TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH rahbarlari Kengashi majlisida so‘zga chiqarkan, terrorchilar maqsadlaridan biri bu — O‘rta Osiyo hududiga kirib olish. MDH davlatlari bunday vaziyatga tayor bo‘lishi va kelishilgan tartibda hamkorlik qilish kerak, dedi prezident, Kreml rasmiy xabari asosida. 

Putinning so‘zlariga qaraganda Afg‘onistonda terrorchilar ta’siri juda kuchaymoqda va ular hududlarini kengaytirish haqidagi rejalarini hatto yashirmayaptilar ham.  

“Ularning maqsadlaridan biri – O‘rta Osiyo hududiga kirib olish. Bizlar bunday holatlarga tayor bo‘lishimiz va vaqti kelganda hamjhatlik bilan harakat qilishimiz kerak”, — dedi Putin.

Shu bilan birga, Rossiya prezidenti, MDH chegaralarida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan mojarolarni hal qilish uchun, hamdo‘stlik davlatlari chegara va boshqa xizmatlar guruhlari tashkil qila olishiga ishonch bildirdi. 

 

 

 

 

Yangiliklar lentasi
0