Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari 30dan ortiq o‘g‘irlangan tasvirlarni muzeyga qaytarishdi

Obuna bo‘lish
Jinoyatchilar Fedor Vasilev, Vladimir Orlovskiy, Ural Tansiqboyev va Ro‘zi Choriyev tasvirlarini Rossiya va sharqiy Yevropa malakatlariga olib chiqishga harakat qilishgan.

TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Respublika Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) xodimlari Davlat san’at muzeyidan o‘g‘irlangan 32 tasvirni O‘zbekistondan noqonuniy  olib chiqib ketilishi oldini olishdi, MXX vakili xabari asosida.

Xususan, muzey zahira fondidan, 19-asr rus peyzaj ustalari Fedor Vasilyev va Vladimir Orlovskiy qalamiga mansub san’at asarlari hamda SSSR xalq rassomi Ural Tansiqbov va O‘zbekiston xalq rassomi Ro‘zi Choriyev asarlari o‘g‘irlangan.

“Operativ qidiruv choralar natijasida ushbu tasvirlar, jinoiy guruh a’zosi bo‘lgan, O‘zbekiston fuqarosi Yuriy Savinkovdan topilgan”, — dedi suhbatdosh.

Uning so‘zlariga qaraganda, jinoyatchilar ushbu tasvirlarni O‘zbekistondan olib chiqib Rossiya va sharqiy Yevropa mamlakatlarida sotmoqchi bo‘lishgan. Ushbu o‘g‘irlik bo‘yicha 12 kishi hibsga olingan.  

“Ushbu jinoiy guruh, Rossiya hududiga narkotik va antikvar mollar yetkizib berish bilan ham shug‘ullangan”, —  dedi respublika xavfsizlik xizmati xodimi.  

Sentabr oyida Milliy xavfsizlik xizmati Rossiya hududidan avval O‘zbekistondan o‘g‘irlangan 20-asr rassomlarning sakkizta tasvirni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu tadbir Rossiya huquqni saqlash organlari bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

O‘tgan yilning dekabr oyida Toshkent shahar sudi Davlat san’at muzeyining bir guruh sobiq xodimlarini uch yildan to‘qqiz yilgacha  ozodlikdan mahrum qildi. Qidiruv ishlari natijasida ushbu jinoiy guruh 1999 — 2004-yillar davomida taniqli rassomlarning 178 tasvirlarini qalbakiga almashtirishgan, asl nusxalari esa sotilgan. Ushbu jinoyat natijasida O‘zbekistonga 20 million dollar miqdorida zarar yetkizilgan.

Yangiliklar lentasi
0